Farg‘onada bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Farg‘onada bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi
  • 0
  • 05.09.2025 15:33:00
  • 1 daq o'qish

22-avgust kuni Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanidagi 7-son davlat bog‘chasida 13 nafar bola ovqatdan zaharlanib, kasalxonaga yotqizildi. Bog‘cha faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Hozirda sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmatlari zaharlanish sabablarini aniqlash hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.
Mas’ullar qonuniy choralar ko‘rilishini va qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini bildirdi. Aholiga ortiqcha xavotirga tushmaslik tavsiya qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News