Kim komaga tushgani haqidagi xabarlardan so‘ng ommaga ko‘rinish berdi

Kim komaga tushgani haqidagi xabarlardan so‘ng ommaga ko‘rinish berdi
  • 3
  • 20.10.2026 10:51:00
  • 1 daq o'qish

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In miyasiga qon quyilgani, komaga tushgani va davolanish uchun Xitoyga olib ketilgani haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar ortidan omma oldida ko‘rinish berdi.
KCNA davlat axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, u 19-oktabr kuni kiyim-kechak va poyabzal ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan. Unga rafiqasi Ri Sol Ju va qizi Ju Ae hamrohlik qilgan. Agentlik e’lon qilgan suratlarda Kim ko‘rgazma mahsulotlarini ko‘zdan kechirayotgani va rasmiylar bilan suhbatlashayotgani aks etgan. Kimning sog‘lig‘i yomonlashgani va komaga tushgani haqidagi xabarlar hozircha ishonchli dalillar bilan tasdiqlanmagan.
Kimning sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlar avval ham bir necha bor tarqalgan. U qisqa muddatga jamoatchilikka ko‘rinish bermasa, salomatligi va ehtimoliy vorisi haqida turli gumonlar paydo bo‘ladi.

#casia #news #KimChenIn

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News