
- 0
- 05.09.2025 08:18:00
- 1 daq o'qish
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgach, uning qo‘riqchilari u tekkan stul, stakan va mebellarni artib, hammasini olib ketdi. Mutaxassislar buni chet el josuslaridan himoyalanish va Kimning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni yashirish chorasi deb izohlamoqda.
Kim odatdagidek bu safarga ham zirhli yashil poyezdida shaxsiy ko‘chma hojatxona olib kelgan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu orqali uning chiqindilaridan ham tibbiy ma’lumot olinmasligi kafolatlanadi.
Xuddi shunday amaliyot Rossiya prezidenti Putinda ham mavjud bo‘lib, chiqindilarini maxsus xizmat xodimlari Moskvaga olib qaytadi.