
- 0
- 15.09.2025 07:34:00
- 1 daq o'qish
Kim Chen In Shimoliy Koreyada “gamburger”, “karaoke” va “muzqaymoq” so‘zlarini taqiqladi. U bu so‘zlarni juda g‘arbiy deb hisoblab, ularni milliy so‘zlar bilan almashtirishni talab qilgan. Uning fikricha, “Gamburger” so‘zi o‘rniga “dajin-gogi gyeopppang” (go‘shtli ikki qavatli non), “muzqaymoq” o‘rniga “eseukimo” so‘zlari ishlatilishi kerak. Janubiy Koreyada keng tarqalgan “karaoke-mashinalar” esa “ekranli qo‘llab-quvvatlash mashinalari” deb atalishi lozim.