Xorazm ta’mi va madaniyati: Xivada “Xorazm xonlari milliy taomlari” gastrofestivali

Xorazm ta’mi va madaniyati: Xivada “Xorazm xonlari milliy taomlari” gastrofestivali
  • 0
  • 23.09.2025 08:30:00
  • 1 daq o'qish

Joriy yilning 20–21-sentabr kunlari qadimiy Xiva shahri gastronomik markazga aylandi. “Arda Xiva” majmuasida o‘tkazilgan “Xorazm xonlari milliy taomlari” xalqaro gastrofestivali nafaqat taomlar, balki tarix, an’ana va madaniyat uyg‘unligini namoyish etdi.
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi tomonidan Xivaga tashkil qilingan press-tur doirasida CASIA.UZ jamoasi ham qatnashib, Xorazm ta’mlari va madaniyati bilan tanishdi.
Festivalning asosiy maqsadi — Xorazm oshxonasining boy merosini keng jamoatchilikka tanitish, gastronomik turizmni rivojlantirish va mintaqaning madaniy salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. 
Ikki kunlik dastur doirasida mahalliy taomlar ko‘rgazmasi, oshpazlar ishtirokida master-klasslar, folklor va madaniy chiqishlar tashkil qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News