
- 9
- 23.08.2024 16:26:00
- 1 daq o'qish
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.
Avvalroq, Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Diyora bilan o‘zaro uchrashuvda bir qancha loyihalar yuzi va ishtirokchisi bo‘lish haqida taklif bergan edi.