- 8
- 01.04.2024 13:35:00
- 1 daq o'qish
😍Bugungi Qozonda shashlik retseptimiz mehmon kelganda yoki kechki taom uchun nima tayyorlasam ekan deb o‘ylanayotgan bekajonlarimiz uchun ayni muddao bo‘ladi. Ushbu retseptni tez ovsinjonlarga jo‘natib qo‘ying😜
🥩Masalliqlar:
Go‘sht 0,5 kg;
Kartoshka 1 kg;
Dumba 150 gr;
O‘simlik yog‘i 1 kg;
Piyoz 1 ta;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Ishimizni go‘sht va dumbani to‘g‘rab olishdan boshlaymiz.
So‘ngra tuz va ziravorlar sepib yaxshilab aralashtirib, olib qo‘yamiz.
Kartoshkalarni tozalab olamiz va qizigan yog‘da qizartirib olamiz.
Go‘sht va dumbani yog‘och siximizga terib chiqib, uniyam yog‘da qizartirib olamiz.
Qozonni yog‘lab avval kartoshkani keyin shashlikni teramiz, ustidan to‘g‘ralgan piyoz solib, bir kosa suv solamiz va 20 daqiqaga dimlab qo‘yamiz.
Yoqimli ishtaha😋