
- 3
- 24.04.2023 16:14:00
- 1 daq o'qish
“Qozog‘istonda 2023-yilda harbiy parad o‘tkazish budjet mablag‘larini tejash, shuningdek, boshqa muammolarni hal qilish zarurati tufayli rejalashtirilmagan. Xususan, ustuvor vazifa — Qozog‘iston Qurolli kuchlari bo‘linmalarining jangovar tayyorgarligi va harakatchanligini talab darajasida saqlash”, — deya xabar berdi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Shu bilan birga, yaqinlashib kelayotgan bayramlar munosabati bilan harbiy-vatanparvarlik tadbirlari rejalashtirilgani, ular o‘tkazilib, alohida xizmat ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarni taqdirlash ko‘zda tutilgani ta’kidlandi.
Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan qozoq askarlarining xotirasini abadiylashtirish, ularning jasoratlarini ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha ham ishlar tashkil etilgan.