Kelajakda yashayotgan Qozog‘iston: Olmaotada robot YTHga uchradi😱

Kelajakda yashayotgan Qozog‘iston: Olmaotada robot YTHga uchradi😱
  • 0
  • 02.09.2025 14:17:00
  • 1 daq o'qish

Olmaotada tarqalgan g‘aroyib video ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Unda Tesla elektromobilini boshqarayotgan gumanoid robot yo‘l-transport hodisasiga uchragani ko‘rinadi. Robot yonida mexanik iti bilan mashinadan tushib, vaziyatni janjalsiz hal qilgan: avvaliga haydovchiga qo‘l uzatib salom bergan va metall qo‘llari bilan faol imo-ishora qilib, biror narsani tushuntirishga uringan. Hozircha bu voqea haqiqiymi, sahnalashtirilganmi yoki sun’iy intellekt yordamida yaratilganmi noma’lum, biroq video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News