
- 8
- 29.07.2024 17:26:00
- 1 daq o'qish
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi Afg‘onistonning anorli ichimliklarini sanitariya tekshiruvidan o‘tkazdi. Ichimliklar “Oziq-ovqat mahsulotlarining markalanishi bo‘yicha” texnik reglamenti talablariga mos kelmasligi, ichimliklar solingan bankalarda “bo‘yoq moddasi bor” degan ogohlantiruvchi yozuv yo‘qligini aniqladi. Bu modda bolalarning faolligi va diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bundan tashqari, qadoqlarda ichimliklarning tarkibi va ozuqaviy qiymati, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan. Golden Life va boshqa ichimliklarni sotishga hali rasmiy taqiq yo‘q.