
- 7
- 13.04.2024 11:47:00
- 1 daq o'qish
Qonun xotinini o‘ldirishda ayblanayotgan sobiq iqtisodiyot vaziri Bishimbayevga qarshi ish fonida ma’qullandi. U ayollar va bolalar xavfsizligini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.
Tuzatishlar voyaga yetmaganlarni o‘ldirish, zo‘rlash yoki jinsiy tajovuz uchun faqat umrbod qamoq jazosini nazarda tutadi, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarni “jinsiy aloqaga chorlash” uchun jinoiy javobgarlikni o‘z ichiga oladi. O‘z joniga qasd qilishga olib borish va bunga undaganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish, suitsidni targ‘ib qilganlik uchun esa jarimalar nazarda tutilgan.