Qozog‘istonda 100 ta otni o‘g‘irlashda ayblanib, keyinchalik oqlangan otaxonga uy sovg‘a qilindi

Qozog‘istonda 100 ta otni o‘g‘irlashda ayblanib, keyinchalik oqlangan otaxonga uy sovg‘a qilindi
  • 0
  • 05.08.2026 18:59:00
  • 1 daq o'qish

30 yildan ortiq otboqarlik qilgan 60 yoshli Sarsenovga tadbirkor va qurilish kompaniyasi tomonidan uy sovg‘a qilindi. Shuningdek, unga 1 million tenge va nasldor ingliz oti ham topshirildi.
Sarsenov avval xo‘jalikdan 100 ta ot yo‘qolgani bo‘yicha ayblanib, 7 yilga qamalgandi. Biroq jamoatchilik e’tiboridan so‘ng ish qayta ko‘rib chiqildi va apellyatsiya jarayonida yangi dalillar asosida aslida faqat bitta ot yo‘qolgani aniqlandi. Ayblov yengillashtirildi, amnistiya qo‘llanildi va otaxon sud zalidan ozod etildi. Uning yagona uyi 10 million tenge qarzdorlik sabab garovda qolayotgani uchun unga yangi xonadon sovg‘a qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News