“Qaylali unosh”

 “Qaylali unosh”
  • 31
  • 24.11.2023 07:48:00
  • 1 daq o'qish

Bugun “Lazzat dunyosi” sizlar uchun o‘zbek oshxonasining yana bir mashhur taomlaridan biri bo‘lgan “Qaylali unosh” retseptini taqdim etadi. Albatta tayyorlab ko‘ring.

🫑Masalliqlar: 

🥡Un 500 gr;
Suv 300 gr;
🧈Sariyog‘ 200 gr;
🥩Qiyma 500 gr;
🍚Suzma 400 gr;
🧅Piyoz 2 dona;
🫑Bulg‘or qalampiri 2 dona;
🧄Sarimsoq 2 bo‘lak;
🧂Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar;


👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Ishimizni qattiqroq xamir qilishdan boshlaymiz.
Piyoz, saqrimsoq va bulg‘or qalampirini mayda qilib to‘g‘rab olamiz.
Qiymaga tuz va ziravorlar solib, yaxshilab aralashtirib, dumaloq shaklga keltirib, unga botirib olamiz.
Endi qozonga sariyog‘ solib, avval qiymalarni qovurib ob qo‘yamiz.
So‘ngra piyoz va bulg‘or qalampirini qovuramiz.
Keyin qovurib olgan qiymalarni solib, ustidan botguncha suv solamiz.
Xamirni yoyib videoda ko‘rsatilganidek kesib olib, qaynagan suvda pishirib olamiz.
Pishgach sovutib suzma aralashtiramiz.
Kosaga avval xamirli taomimizni so‘ngra qiymali qaylamizni solamiz.

Yoqimli ishtaha😋

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News