“Qarsildoq qatlama”

 “Qarsildoq qatlama”
  • 5
  • 14.10.2023 08:58:00
  • 1 daq o'qish

Bugun o‘zbek dasturxonining ko‘rki bo‘lgan “Qarsildoq qatlama” tayyorlaymiz. Oila a’zolaringizga  tayyorlab berib xursand qiling.

Masalliqlar:

🍚600 gr un;
🧈200 gr margarin;
200 gr dumba;
🧂tuz;
🍶suv;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Dastlab tuzli suvga o‘rtacha yumshoqlikdagi xamir qorib olamiz. 
Xamir tingunga qadar, dumbani o‘rtacha kattalikda to‘g‘rab qizib turgan tovada eritib olamiz. Dumba erigach jizalarini terib olib margarinni ham qo‘shib eritib olamiz. 
Tingan xamirimizni yupqa qilib yoyib olamiz. 
Bir tekisda yoyilgan xamirga yog‘ni bir tekisda surtamiz hamda somsani xamiri kabi o‘rab qo‘yamiz. 
O‘ralgan xamirni bir necha soatga olib qo‘yamiz. Keyin o‘zimiz istagan kattalikda zuvalachalarga bo‘lib, jo‘va yordamida yoyib tova yordamida yog‘da qovurib olamiz.

Yoqimli ishtaha😋

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News