
- 3
- 10.11.2023 07:58:00
- 1 daq o'qish
Qodirovning uch o‘g‘liga Checheniston parlamentining eng yuqori ordeni topshirildi.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘illari Ahmat, Eli va Adam Checheniston Parlamentining oliy ordeni “Vatan sharafi” ordeni bilan taqdirlandi.
Respublika milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmed Dudayev Checheniston rahbarining o‘g‘illarini “o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun haqiqiy na’muna” deb ta’rifladi. Dudayev Ahmed, Eli va Adamni Chechenistonning faxri ekanligini hamda ular har bir harakatlari bilan vatan ravnaqi uchun xizmat qilayotganlarini ta’kidlab o‘tdi.