
- 0
- 11.07.2025 14:31:00
- 1 daq o'qish
Parij apellyatsiya sudi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makronga tuhmat qilganlikda ayblangan jurnalist Natasha Reyni oqladi. Bu haqda jurnalistning advokati ma’lum qildi.
Natasha Rey 2021-yilda YouTube’da Brijit aslida erkak — Jan-Mishel Trone bo‘lganini da’vo qilgan edi. Ushbu video katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi. 2024-yil-sentabrda Rey tuhmat qilganlikda ayblanib 13,5 ming yevro jarimaga tortilgan, ammo apellyatsiya sudi bu qarorni bekor qildi.
Makronning rafiqasi “aslida erkak” ekani haqidagi dalillarni jurnalist Kendis Ouens ham e’lon qilishga vada bergan. Unga ko‘ra, Makron o‘zining o‘qituvchisi 39 yoshli Brijit bilan munosabatga kirishganida 15 yoshda bo‘lgan, ammo o‘qituvchining maktab yoki talabalik hayotidan hech qanday ma’lumot mavjud emas.