Navoiydagi yahudiy mehmonlar

Navoiydagi yahudiy mehmonlar
  • 0
  • 04.07.2025 15:19:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Xatirchi tuman hokimi yahudiy millatiga mansub mehmonlarni kutib olgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Hokimlikka ko‘ra, bu shaxslar Buxoro yahudiylari bo‘lib, ular ajdodlari yashagan yurtni ziyorat qilish va do‘stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida kelgan.
Hokimlik buni o‘zbek xalqiga xos mehmondo‘stlik va bag‘rikenglik ifodasi sifatida baholadi.

Bayonotda, shuningdek, O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va 16 ta diniy konfessiya, jumladan yahudiy jamoalari qonuniy asosda erkin faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News