
- 7
- 14.08.2024 09:10:00
- 1 daq o'qish
Bir-biridan antiqa boʻlgan moda dizaynlariga yana bitta yangisi qoʻshildi. Savdoga chiqarilgan jinsi shimlarining dizayni keng muhokamalarni keltirib chiqardi va barchaning e’tiborini tortdi.
Milan moda haftaligida Jordanluca brendi tomonidan tomonidan taqdim etilgan “Peshob dogʻli” jinsi shimlar 608 AQSH dollarga sotiladi. Shimning orqa qismidagi mato toʻqroq va peshobga oʻxshashligi haqida ba’zi iste’molchilar munosabat bildirishdi, ammo bunga qaramay shimlar koʻp sotilayotgani ma’lum boʻldi.Ijtimoiy tarmoq bu shim bilan bogʻliq salbiy fikrlar bilan toʻlib toshganiga qaramasdan sotuv yuqoriligi jinsining juda ham mashhur boʻlganini ko‘rsatmoqda.
Siz bunday shimni kiygan boʻlarmidingiz?