Jasjan 5 sutkaga qamaldi

  • 15
  • 15.01.2025 11:40:00
  • 1 daq o'qish

 

Yanvar oyining boshlarida hojatxona qog‘ozlari bilan video olib, ekologiyaga zarar yetkazgani uchun kechirim so‘rab chiqqan va jarimaga tortilgan Jasjan navbatdagi kontenti uchun 5 sutkaga qamaldi. U Toshkent shahri Hilton mehmonxonasi oldida ijtimoiy tarmoqlarga video olish maqsadida bir qiz bilan o‘zaro janjal uyushtirib, jamoat tartibini buzgan. Bloger Jasurbek Shodiyev va u bilan janjallashgan talaba qiz Sadaf Saidova 11-yanvar kuni jamoat joyida bo‘la turib, bir-birlarini haqorat qilib, fuqarolarning tinchligini buzgan. Ushbu qilmishi uchun Jasjanga 5 sutka ma’muriy qamoq va BHMning 15 foizi miqdorida jarima jazosi belgilangan. Saidovaga ham jamoat tartibini buzgani uchun  BHMning bir baravari (375 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News