Yaponiya O‘zbekistonga 230 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi

Yaponiya O‘zbekistonga 230 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi
  • 5
  • 15.06.2026 14:18:00
  • 1 daq o'qish

Yaponiya O‘zbekistonning energiya samaradorligini oshirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 229,6 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi. Bu haqda Yaponiya elchixonasi xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning 10-iyun kuni Bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Yaponiya elchisi Xirata Kenji boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuvda kredit mablag‘lari davlat binolari hamda sanoat va tijorat sohalarida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilishi belgilangan. Bu esa energiya sarfini kamaytirish va issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirishga xizmat qiladi.

Moliyalashtirish doirasida davlat binolari uchun 21,788 mlrd iyena, sanoat sektori uchun esa, 14,969 mlrd iyena ajratilishi rejalashtirilgan. Kreditning yillik stavkasi 2,4% ni hamda qaytarish muddati 25 yilni tashkil etadi, shundan 7 yili imtiyozli davr hisoblanadi. Tomonlar ushbu hamkorlikni “yashil rivojlanish va barqarorlik” yo‘nalishidagi strategik hamkorlikning muhim qismi sifatida baholagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News