
- 0
- 12.07.2025 12:31:00
- 1 daq o'qish
Yaponiyada “OK Obaachan” (“Xo‘p bo‘ladi, buvijon”) nomli yangi xizmat ishga tushdi. U orqali 60 yoshdan oshgan buvilarni 1 soatga 3300 iyena (taxminan 22 dollar) evaziga chaqirish mumkin.
Ular mijozlarga uy yumushlarida yordam beradi, taom tayyorlashni o‘rgatadi, suhbat quradi yoki ma’naviy ko‘mak ko‘rsatadi. Hozirda ushbu xizmatda 100 ga yaqin buvilar faoliyat yuritmoqda.
Tashabbusga turlicha munosabat bildirilmoqda: ayrimlar bu g‘oyani iliq kutib olayotgan bo‘lsa, boshqalar xavfsizlik masalalarini ko‘tarishmoqda.
Shunga o‘xshash “amaki ijarasi” xizmati — “Ossan Rental” ham Yaponiyada mavjud bo‘lib, u ham mashhurlikka ega.