Yaponiya to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tmoqda

Yaponiya to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tmoqda
  • 4
  • 09.12.2024 10:38:00
  • 1 daq o'qish

Tokio demografik inqirozga qarshi kurashish uchun to‘rt kunlik ish haftasini sinab ko‘rmoqchi. Chunki Yaponiyada tug‘ilish ketma-ket sakkiz yildan beri kamaymoqda. Mamlakatning eng yirik ish beruvchi shaharlaridan biri bo‘lgan Tokioda xodimlarga haftasiga to‘rt kun ishlashga ruxsat berilgan. Mazkur yangilik ayollarga bo‘lgan bosimni kamaytirish va mamlakatda tug‘ilishni oshirishga yo‘naltirilgan. Yaponiya hukumati o‘nlab yillardan beri tug‘ilishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib kelmoqda. Ammo ularning samarasi minimal bo‘lib qolmoqda, chunki ayollarga ishda qo‘yilayotgan yuklama va mehnat madaniyati o‘zgarishsiz qolib kelyapti. Yangi islohotlar doirasida xodimlar nafaqat haftasiga to‘rt kun ishlashi, balki bolalar parvarishi uchun qisman ta’til ham olishi mumkin. 

Tadqiqotlarga ko‘ra, ish haftasining qisqarishi uydagi majburiyatlarning teng taqsimlanishi va hayot tarzini yaxshilashga xizmat qiladi. Oltita davlatdagi tajriba erkaklar farzandlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishi va uy ishlarida ishtirok etishini ko‘rsatgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News