Yaponiya O‘zbekistondan mehnat muhojirlarini qabul qilishga tayyorligini bildirdi

Yaponiya O‘zbekistondan mehnat muhojirlarini qabul qilishga tayyorligini bildirdi
  • 6
  • 01.08.2023 08:09:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston fuqarolari Yaponiya kompaniyalariga qishloq xo‘jaligi, ta’mirlash va qurilish, shuningdek, keksalarga g‘amxo‘rlik qilish sohalarida ishga olinadi. Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Yaponiyaning Glosal Partner Cooperative, Reigi Sahou va Muroo kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar berdi "Dunyo" axborot agentligi. 
Yaponiya kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini mehmonxona biznesi, bemorlar va qariyalarga g‘amxo‘rlik qilish, turar-joy va noturar binolarni ta’mirlash, qurilish, avtomobillarni ta’mirlash, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda ishga joylashtirishga tayyorligini bildirdi.
Muzokaralar natijasida mehnat migrasiyasi sohasidagi kompaniyalar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi, har yili jami 400 nafar O‘zbekiston fuqarosini Yaponiyada ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Muroo bilan o‘zbekistonlik ishchilarni ushbu korxona va uning hamkorlariga ishga joylashtirish bo‘yicha ham muzokaralar olib borildi.
Muroo vakillari O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining oxirgi bakalavriat bosqichida yapon tilini o‘qitishga ixtisoslashgan talabalarni ishga joylashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Shu munosabat bilan Yaponiya kompaniyasi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama kelishuv asosida ishlarni tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi. Natijada har yili 100 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Yaponiyada ish bilan ta’minlanadi.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News