Xames “Rayo Valyekano”ga o‘tmoqda➡️

Xames “Rayo Valyekano”ga o‘tmoqda➡️
  • 18
  • 26.08.2024 16:01:00
  • 1 daq o'qish

Xames Rodriges kutilmaganda Ispaniyaga qaytish arafasida. Futbolchiga “Rayo Valyekano" klubi qiziqish bildirmoqda. Fabritsio Romanoning yozishicha, kolumbiyalik 1+1 sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolaydi.

Xames Yevropaning “Everton”, “Real Madrid”, “Bavariya” kabi klublarida o‘ynagan. Bu yilgi Kopa Amerika turnirida ishonchli o‘yin ko‘rsatgach, Yevropaga qaytmasligini, Lotin Amerikasida qolishini ma’lum qilgan edi. U hozirda Braziliyaning “San-Paulu” klubi bilan shartnomani bekor qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News