
- 1
- 29.06.2026 10:45:00
- 1 daq o'qish
Italiyaning Kampaniya mintaqasidagi Achcharoli qishlog‘i uzoq umr ko‘ruvchi aholisi bilan olimlar e’tiborini tortmoqda. Qariyb 2 ming aholi yashaydigan qishloqda 300 ga yaqin kishi 100 yoshdan oshgan, ularning ayrimlari esa 110 yoshdan ham o‘tgan.
Mutaxassislar bunga mahalliy aholining tabiiy mahsulotlar bilan oziqlanishi, zaytun moyi, baliq va rozmarinni ko‘p iste’mol qilishi, kundalik jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishi hamda xotirjam va ahil ijtimoiy muhitda yashashini asosiy omillar sifatida ko‘rsatmoqda.
Qiziq jihati shundaki, mahalliy aholi uylarini deyarli qulflamaydi. Tadqiqotchilar uzoq umr siri bitta omilda emas, balki sog‘lom ovqatlanish, faol hayot tarzi va mustahkam ijtimoiy aloqalar uyg‘unligida ekanini ta’kidlamoqda.