
- 5
- 30.10.2023 17:14:00
- 1 daq o'qish
TASS aeroport direktori Said Ramazonov xabar berishicha, 29-oktabr kuni sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tufayli Maxachqal’a aeroportiga yetkazilgan zarar bir necha million rublga baholanmoqda. Uskunalar va infratuzilmaga shikast yetgan, kameralar va panjaralar singan.
“Zarar bir necha million rublni tashkil etdi. 10 million rubldan ortiq emas”, – deydi Ramazonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tartibsizlik qatnashchilari kamera va panjaralarni buzib tashlagan. Ramazonovning qo‘shimcha qilishicha, aeroport xodimlarining o‘zlari jismoniy zarardan ko‘ra ko‘proq ma’naviy zarar ko‘rgan.
Aeroportning rasmiy Telegram-kanalida xabar qilinishicha, hozirda voqea joyida tergovchilar ishlamoqda.
“Aeroport xodimlari oqibatlarni bartaraf etishga ruxsat berilgach, ta’mirlash-tiklash ishlarini olib boradilar va hududni tozalashadi”, – degan Ramazonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maxachqal’a aeroportidagi hodisada 20dan ziyod kishi jabrlangani xabar qilingan edi.