Avgust oyida O‘zbekistonda narxlar qanchaga oshgani ochiqlandi

Avgust oyida O‘zbekistonda narxlar qanchaga oshgani ochiqlandi
  • 7
  • 02.09.2023 13:16:00
  • 1 daq o'qish

2023-yilning avgust oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi. 

2023-yilning avgust oyidagi isteьmol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,6 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgani kuzatilgan.

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9,0 foizga yetdi.

Yil boshidan buyon iste’mol sektoridagi narxlar indeksi o‘rtacha 3,8 foizga o‘sgan.

Manba: xabar.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News