Atlantika okeanida suv harorati keskin ko‘tarilgani qayd etildi

Atlantika okeanida suv harorati keskin ko‘tarilgani qayd etildi
  • 4
  • 20.06.2023 07:30:00
  • 1 daq o'qish

The Guardian nashrining yozishicha, Atlantika okeanining shimoliy qismida sirt harorati so‘nggi 42 yildagi eng yuqori haroratga yetgan. 

Shimoliy Atlantika okeanining sirt haroratini sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish 1981-yilda boshlangan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil mart oyining birinchi haftasidan boshlab harorat anomaliyalari soni rekord darajaga ko‘tarilgan.

2023-yil iyun oyida dengiz sathining harorati avvalgi ko‘rsatkichlardan 0,5°C yuqori bo‘lgan. Qayd etilishicha, o‘rtacha kunlik harorat avgust oyining oxiriga kelib cho‘qqiga yetadi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News