
- 0
- 07.08.2025 12:53:00
- 1 daq o'qish
Bo‘stonliq tumanidagi “Burchmulla” mahallasida ayrim fuqarolar xo‘jalik, yomg‘ir va sug‘orish suvlari chiqishi uchun ariq qazib, quvurlar orqali ularni Chorvoq suv omboriga yo‘naltirgan. Holat bo‘yicha Ekologiya boshqarmasi mutaxassislari tekshiruv o‘tkazdi. Natijada ombor uchun mas’ul xodimga 4 mln 120 ming so‘m jarima belgilandi.
Noqonuniy o‘rnatilgan quvurlar va ariqlar olib tashlandi.