Qarish kasallik ekani va uni sekinlashtirish mumkinligi aniqlandi

Qarish kasallik ekani va uni sekinlashtirish mumkinligi aniqlandi
  • 0
  • 12.08.2025 11:11:00
  • 1 daq o'qish

Koreyalik olimlar qarishga sabab bo‘ladigan HMGB1 oqsilini topdi. Bu oqsil bo‘linishni to‘xtatgan hujayralardan chiqib, sog‘lom hujayralarga ham qarish signali yuboradi va jarayon butun organizmga tarqaladi. Tadqiqotda yosh sichqonlarga ushbu oqsil yuborilganda bir haftada qarish belgilari paydo bo‘ldi, qari sichqonlarga esa maxsus dori berilganda mushaklari tiklanib, kuchi oshdi. Olimlar bu usul qarishni butunlay to‘xtatmasa ham, uni sekinlashtirib, sog‘liqdagi zararlarni kamaytirishi mumkinligini aytmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News