
- 4
- 03.11.2023 09:21:00
- 1 daq o'qish
“Bebaho meros xavf ostida” — deydi Bosh prokuratura
Prokuratura Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilishga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazish natijasida:
-mil. avv. V–I asrlarga oid “Tallagan tepa” yodgorligining 40 m2 qismi kesib olinib, avtomobil yo‘li o‘tkazilishi oqibatida 888 mln. so‘mlik;
-V–VIII asrlarga oid “G‘o‘rintepa” yodgorligining 200 m2 qismi buzilib, uy-joylar qurib yuborilishi oqibatida 4,7 mlrd. so‘mlik;
-I–IV asrlarga oid “Xushvaqtepa” yodgorligining 12 m2 qismi kesib olinib, hojatxona qurilganligi oqibatida 266 mln. so‘mlik;
-V–VII asrlarga oid “Toshtepa” yodgorligining 56 m2 tuproqlari kesib olinib, molxona qurilganligi oqibatida 1,2 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan.
Аniqlangan holat yuzasidan tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.