
- 8
- 31.05.2023 13:55:00
- 1 daq o'qish
Rejep Tayyip Erdog‘anning Turkiya prezidentligiga qayta saylangani munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya marosimi 3-iyunda bo‘lishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti maslahatchisi Mexmet Uchum ma'lum qildi.
"Agar Oliy saylov komissiyasi prezident saylovining yakuniy natijalarini 1-iyunda eʼlon qilsa, inauguratsiya marosimi 3-iyun kuni Anqarada bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Erdog‘an yangi Vazirlar Mahkamasi ro‘yxatini ham oshkor qiladi", - deydi amaldor.
Taʼkidlanishicha, qayta saylangan prezidentning inauguratsiyasida ishtirok etadigan xorijlik yetakchilar ro‘yxati hali to‘liq shakllantirilmagan.
Eslatib o'tamiz, joriy yil 28-may kuni Erdog‘an prezident saylovining ikkinchi bosqichida 52% dan yuqori ovoz bilan g‘alaba qozongan.