O‘zbekiston OTMlari bakalavriatiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston OTMlari bakalavriatiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum qilindi
  • 5
  • 21.07.2023 07:56:00
  • 1 daq o'qish

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2023/2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etganini e’lon qildi.

Abituriyentlarning taʼlim tili bo‘yicha taqsimoti:

  • o‘zbek tili — 890 304 nafar;
  • rus tili — 95 456 nafar;
  • qoraqalpoq tili — 29 917 nafar;
  • boshqa tillar — 2 330 nafar.

Abituriyentlarning taʼlim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi taʼlim yo‘nalishiga nisbatan):

  • kunduzgi taʼlim shakli — 577 096 nafar;
  • kechki taʼlim shakli — 24 802 nafar;
  • sirtqi taʼlim shakli — 407 945 nafar;
  • masofaviy taʼlim shakli — 8 164 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi taʼlim yo‘nalishiga nisbatan):

  • O‘zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
  • Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
  • Farg‘ona davlat universiteti — 29 941 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
  • Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

  • Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
  • Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
  • Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.

2022/2023-o‘quv yilida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta‘lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etgandi. 

manba:daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News