Koronavirus laboratoriyada ishlab chiqilgani ma’lum bo‘ldi

Koronavirus laboratoriyada ishlab chiqilgani ma’lum bo‘ldi
  • 4
  • 03.12.2024 11:26:00
  • 1 daq o'qish

AQSH Kongressi koronavirusning laboratoriya orqali kelib chiqqanini ma’lum qildi. 
Ikki yillik tekshiruvlari natijasida koronavirus katta ehtimol bilan laboratoriyada ishlab chiqilgani va sizib chiqish oqibatida tarqalgani haqida xulosa qilingan. Virusning tabiatda uchramagan biologik xususiyatlarga ega ekanini ta’kidlagan. “Ilm-fanning barcha mezonlariga ko‘ra, agar virusning tabiiy kelib chiqishiga oid dalillar mavjud bo‘lganda, ular allaqachon topilgan bo‘lar edi”, deyilgan AQSHning qonun chiqaruvchi palatasi tomonidan hisobotda.
Bundan tashqari, Kongress a’zolari Uxanda SARS viruslarini o‘rganish bo‘yicha yetakchi tadqiqot laboratoriyasi mavjudligini ta’kidlagan. Qonun chiqaruvchilarning fikricha, mazkur laboratoriya “biologik xavfsizlik darajasi yetarli bo‘lmagan” sharoitlarda tadqiqotlar o‘tkazish tarixiga ega.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News