Toshkent viloyatida 2 mingga yaqin bogʻcha bolasi zaharlangani ma’lum bo‘ldi

Toshkent viloyatida 2 mingga yaqin bogʻcha bolasi zaharlangani ma’lum bo‘ldi
  • 0
  • 27.09.2025 07:48:00
  • 1 daq o'qish

26-sentabr kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida jami 1940 nafar bola noma’lum oziq-ovqatdan zaharlanish belgilari bilan shifoxonalarga murojaat qilgan. Shundan 1110 nafari tibbiy yordamdan so‘ng uyiga javob berilgan, 809 nafari yengil ahvolda, 21 bola esa o‘rta og‘ir ahvolda davolanmoqda.
Tumanlar kesimida: Oqqo‘rg‘on – 413 bola, Bo‘ka – 537 bola, Piskent – 430 bola, Quyi Chirchiq – 64 bola, Bekobod – 98 bola, Olmaliq – 285 bola, Nurafshon – 113 bola.
Hozirda vaziyat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News