
- 6
- 25.09.2026 16:10:00
- 1 daq o'qish
Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi rahbari Muhsin Rizoiy AQSH sanksiyalari sabab Eron samolyotlarini qabul qilishni to‘xtatgan qo‘shni davlatlarni aeroportlarini ishdan chiqarish bilan tahdid qildi.
Rizoiyga ko‘ra, agar davlatlar Eron reyslarini taqiqlab, AQSH bilan hamkorlik qilsa, ularning aeroportlari boshqa parvozlarni amalga oshira olmaydigan holatga keltirilishi mumkin. U, shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning yadroviy obyektlari yoki mamlakat tog‘laridagi obyektlarga hujum qilishi mumkinligini aytib, Eron Qurolli kuchlari bunga javob berishga tayyorligini bildirdi.
Avvalroq AQSH Moliya vaziri Skott Bessent Eron aviatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy aeroport va kompaniyalar sanksiyalarga duch kelishi mumkinligini ma’lum qilgan. Hozirda Turkmaniston va Ozarbayjon Eron samolyotlari uchun havo hududini yopgan. 24-sentabr kuni Eronning Varesh Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot ham Turkmaniston havo hududidan o‘tishga ruxsat berilmagani sabab Tehrondagi Imom Xumayniy aeroportiga qaytgan.