
- 3
- 21.09.2026 17:47:00
- 1 daq o'qish
Angrendagi xususiy klinikada 20 yoshli yigit tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng hushini yo‘qotib, og‘ir ahvolga tushgani yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlandi.
Ma’lum qilinishicha, yigit 31-iyul kuni shamollash alomatlari bilan “Angren Medical Center” klinikasiga murojaat qilgan. Unga “proba” qilinmasdan tomir orqali dori yuborilganidan keyin ahvoli yomonlashib, hushini yo‘qotgani aytilmoqda.
Yigit tez yordam orqali Angren shahar markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Unga traxeostomiya operatsiyasi o‘tkazilgan va hozirda reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.
Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi holatni nazoratga olib, bemorga ko‘rsatilgan tibbiy yordam sifati va uning ahvoli yomonlashish sabablarini o‘rganish uchun ishchi guruh tuzgan. Tekshiruv yakunlari hozircha ma’lum emas.