
- 2
- 06.09.2025 11:21:00
- 1 daq o'qish
Endi avtomobillarda “SARVAR”, “AZIZA”, “ODIL” yoki “BUXORO” kabi yozuvlarni uchratish mumkin bo‘ladi.
Hukumatning 4-sentabrdagi 562-son qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan “Uzavtomotobelgi” korxonasi oltitagacha harf yoki raqamdan iborat “noyob” davlat raqamlarini elektron kim oshdi savdosi orqali taqdim etadi. Bunday raqamlar mavjud raqamlarni takrorlamasligi va noqonuniy yoki odobga zid ma’no kasb etmasligi shart.