
- 5
- 24.09.2026 12:25:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda ozarbayjon tilini o‘rganishni istaganlar uchun bepul kurslar tashkil etiladi. Bu haqda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Rashad Mamedov ma’lum qildi.
Kurslar Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar 30-sentabrdan boshlanadi. Kurslarda qatnashuvchilar ozarbayjon tilining grammatikasi, lug‘at tarkibi va to‘g‘ri so‘zlashuv qoidalarini o‘rganib, kundalik muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkin.
Kurslarda qatnashish uchun maxsus QR-kod orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Tashkilotchilar ozarbayjon tilini o‘rganishga qiziqqan barchani kurslarda ishtirok etishga taklif qilgan.