Toshkentda tez yordam harakatini onlayn kuzatish imkoni yaratildi

Toshkentda tez yordam harakatini onlayn kuzatish imkoni yaratildi
  • 0
  • 04.08.2025 15:20:00
  • 1 daq o'qish

Respublika tez tibbiy yordam markazi Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda pilot loyihani ishga tushirdi. Endi fuqarolar chaqiruvga kelayotgan tez yordam brigadasining joylashuvi va taxminiy yetib kelish vaqtini real vaqt rejimida kuzatishlari mumkin.

Dastlab brauzer orqali, keyinchalik Yandex Go ilovasida ham kuzatish imkoni bo‘ladi. Chaqiruvdan so‘ng, xaritaga yo‘naltiruvchi havola bilan SMS yuboriladi. Keyingi bosqichda esa push-xabarlar joriy etiladi.

Loyiha tez yordam xizmatini shaffoflashtirish va dispetcher yukini kamaytirishga qaratilgan. Hozircha faqat Toshkentda amal qiladi, kelgusida esa kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News