❗️ Sun’iy intellektdan fatvo so‘rash joiz emas — Musulmonlar idorasi

❗️ Sun’iy intellektdan fatvo so‘rash joiz emas — Musulmonlar idorasi
  • 0
  • 17.06.2025 07:14:00
  • 1 daq o'qish

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi sun’iy intellekt vositalaridan, jumladan ChatGPT’dan diniy savollar yuzasidan fatvo yoki shar’iy hukm olish joiz emasligini ma’lum qildi.

Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, bu kabi texnologiyalar ayrim sohalarda foydali bo‘lishi mumkin, biroq shar’iy masalalarda ishonchli manba bo‘la olmaydi. Chunki ular inson tomonidan yaratilgan va ko‘pincha diniy savollarga taxminiy yoki manbasiz javoblar berishi mumkin.

“Shu bois, diniy savollar faqat ahli ilm — ya’ni mutaxassis ulamolarga yo‘naltirilishi kerak”, — deyiladi Fatvo markazi izohida.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News