
- 18
- 25.10.2023 12:45:00
- 1 daq o'qish
Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilishda kelgusi yilda Qashqadaryo viloyatiga 1 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jalb qilish lozimligi qayd etilgan.
Jumladan, Dehqonobod, Kitob va Qarshi tumanlaridagi sanoat zonalarida bo‘sh turgan 100 gektar yerlarga tadbirkorlar 300 million dollar investitsiya kiritib, 3,5 mingta ish o‘rni yaratish tashabbusi bilan chiqqan.
Shu kabi, Qarshi shahri va Kitobda ishlatilmayotgan paxta terminallarida sanoat texnoparkini tashkil qilib, kamida 5 mingta doimiy ish o‘rni yaratish imkoniyati bor.
“Go‘sht, sut, meva-sabzavotni qayta ishlash sohasida 50 million dollarlik loyihalarni ishga tushirish topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Qozon shahrida imzolangan 337 million dollarlik 21 ta loyiha va O‘zbekiston—Xitoy biznes forumida kelishilgan 352 million dollarlik 20 ta loyihani yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi.