Surxondaryoda sobiq hokim yordamchisi o‘zgalar nomiga kredit olgani ma’lum bo‘ldi

Surxondaryoda sobiq hokim yordamchisi o‘zgalar nomiga kredit olgani ma’lum bo‘ldi
  • 5
  • 14.11.2023 13:42:00
  • 1 daq o'qish

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida hokim yordamchisi o‘zgalarning elektron imzosiga 132 mln so‘m kredit olgani ma’lum bo‘ldi.Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

2023-yil 31-oktyabrdan hokim yordamchisi lavozimidan ozod qilingan U.T. taʼminotchi sifatida fuqaro M.E. va boshqalarni aldab, ularning elektron imzolarini qo‘lga kiritgan. Imzolar yordami fuqarolar nomiga issiqxona faoliyati tashkil etish uchun to‘rt marotaba 33 million so‘mdan jami 132 million so‘m kredit ajratilishiga erishib, ushbu pullarni o‘zi rahbarlik qilayotgan jamiyat hisobiga tushirgan va o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 9-noyabr kuni Qumqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan U.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Qumqo‘rg‘on tumani IIB xuzuridagi Tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda. 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News