2024-yilda Ukrainada prezidentlik saylovi o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

2024-yilda Ukrainada prezidentlik saylovi o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
  • 6
  • 07.11.2023 07:35:00
  • 1 daq o'qish

Deputat Aleksey Goncharenkoning ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina yetakchisi “keyingi yili prezidentlik saylovini o‘tkazishga qaror qildi”. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z ofisiga 2024-yil bahorida davlat rahbari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashini buyurdi.  Prezident ma’muriyati vakillari hozircha bu ma’lumotga izoh berishmadi. Avvalroq, 3-noyabr kuni Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Sky News telekanaliga Zelenskiy 2024-yil bahorida prezidentlik saylovlarini o‘tkazish qarorini ko‘rib chiqayotganini aytgan edi. Ukrainada parlament saylovlari shu yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo mamlakatdagi harbiy holat sabab parlament saylovi qoldirildi.

Ukraina qonunlari harbiy holat davrida prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni taqiqlaydi. Zelenskiy bir necha bor davlat rahbari saylovi faqat jangovar harakatlar tugaganidan keyin o'tishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Biroq, Ukrainaning qo‘llovchi g‘arbiy davlatlar saylovni belgilangan muddatlarda amalga oshirishni talab qilmoqdalar. Zelenskiyning intervyularidan birida u G‘arb saylov uchun ularga pul to‘lasa, harbiy holatda ham saylovlarni o‘tkazishga qaror qildi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News