Toshkent shahrining doimiy aholisi qanchaga yetgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrining doimiy aholisi qanchaga yetgani ma’lum bo‘ldi
  • 9
  • 10.08.2023 09:51:00
  • 2 daq o'qish

Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, 2 million 999 ming 500 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi Statistika boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

Shundan:

  • erkaklar soni – 1 million 471 ming 700 kishi;
  • ayollar soni – 1 million 527 ming 800 kishi.

Shahar hududlari kesimida tahlillariga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida bo‘lib, 395 ming kishini tashkil etmoqda. Eng kam aholi soni Bektemir tumanida — 55,7 ming kishini tashkil etgan.

2023-yil 1-iyul holatiga hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi:

  • Olmazor tumanida – 395 ming kishi;
  • Yunusobod tumanida – 366,9 ming kishi;
  • Shayxontohur tumanida – 360,5 ming  kishi;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida – 323,1 ming kishi;
  • Uchtepa tumanida – 293,5 ming  kishi;
  • Yashnobod tumanida – 289,4 ming  kishi;
  • Chilonzor tumanida – 271,9 ming  kishi;                 
  • Yangihayot tumanida – 161 ming kishi;
  • Mirobod tumanida – 150,1 ming  kishi;
  • Sergeli tumanida – 162,3  ming  kishi;
  • Yakkasaroy tumanida –126,9 ming  kishi;
  • Bektemir tumanida – 55,7 ming  kishi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy yashayotgan aholi soni 36 million 372 ming nafarni tashkil etmoqda. Doimiy aholi soni kuniga o‘rtacha 2 ming kishiga oshmoqda. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda respublika aholisi 2,2 foizga ortgan. O‘zbekistonliklar 2023-yilning har bir oyida o‘rtacha 57,9 ming kishiga ko‘paygan.

manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News