
- 5
- 01.09.2023 11:15:00
- 1 daq o'qish
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,1 mln nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
O‘zbekistonga 7 oyda qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari soni:
- Tojikiston – 1 082,7 ming nafar;
- Qirg‘iz R. – 886 ming nafar;
- Qozog‘iston – 831,6 ming nafar;
- Rossiya – 269,6 ming nafar;
- Turkiya – 28,3 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 4,5 ming nafar;
- Ukraina – 3,8 ming nafar;
- Belarus R. – 3,6 ming nafar;
- Turkmaniston – 3,5 ming nafar;
- Germaniya – 2,6 ming nafar.