O‘zbekistonda OTMga qancha abituriyent hujjat topshirgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda OTMga qancha abituriyent hujjat topshirgani ma’lum bo‘ldi
  • 6
  • 26.06.2024 12:43:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilida test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 123,7 ming nafarga kam. Eng ko‘p hujjat Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatidan, eng kami esa Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida topshirilgan.

Bilimni baholash agentligi test sinovlarida ishtirok etish uchun hali to‘lov qilmaganlar borligi sabab 27-iyun sanasida statistik ma’lumotlar o‘zgarishini ma’lum qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News