- 0
- 25.04.2025 12:38:00
- 1 daq o'qish
23-aprel kuni sodir bo‘lgan 6,2 magnitudali zilziladan so‘ng minglab istanbulliklar zilzila xavfi tufayli masjidlarda, sport zallarida, maktab hovlilarida, hattoki, bog‘larda tunab qolishdi. Turkiyaning Istanbul shahridagi maktab va universitetlarda ta’lim 2 kunga to‘xtatildi.
Turkiyaning Istanbul shahridagi ketma-ket ro‘y bergan zilzilalardan so‘ng, shaharni tark etishni xohlovchilar soni ortib, aviachiptalar narxi keskin oshib ketdi.