- 0
- 10.06.2025 07:22:00
- 1 daq o'qish
Isroil harbiy-dengiz kuchlari G‘azo qamalini yorib o‘tmoqchi bo‘lgan, Britaniya bayrog‘i ostidagi "Madlin" yordam kemasini egalladi. Kema bortida 12 nafar ekipaj a’zosi, jumladan, shved iqlim faoli Greta Tunberg va Yevroparlament a’zosi Rima Hassan bo‘lgan.Tunberg qo‘lga olinishi arafasida videomurojaat qilib, hukumatidan chora ko‘rishni so‘ragan.
Isroil TIV barcha yo‘lovchilar sog‘-salomat ekanini, ularga suv va sendvichlar berilganini aytdi. Kema hozir Isroil portiga olib borilmoqda
Shuningdek, Isroil bu harakatni “Hamasni qo‘llovchi targ‘ibot” deb atadi, Hamas esa “davlat terrori” deya qoraladi.