
- 2
- 18.03.2025 09:01:00
- 1 daq o'qish
Isroil 18-martga o‘tar kechasi G‘azoga hujumlarni qayta tikladi. Hujum oqibatida 200 dan ortiq odam, jumladan, bolalar halok bo‘ldi. Hujumni qayta tiklash buyrug‘i Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri tomonidan berilgan. Netanyaxuga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljish yo‘qligiga javoban shunday qaror qabul qilgan. Isroil mudofaa vaziri esa “garovga olinganlar uylariga qaytarilmaguncha va bu urushda barcha maqsadlarga erishmaguncha” jangovar harakatlar to‘xtatilmasligini aytmoqda.
Jangovar harakatlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirganidan ikki oy o‘tgach qayta tiklandi. Kelishuv doirasida HAMAS guruhi Isroil qamoqxonalaridan ikki mingga yaqin falastinlikni ozod qilish evaziga o‘ttizdan ortiq isroillik garovga olinganlarni ozod qildi.
Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida HAMAS guruhiga “so‘nggi ogohlantirish” berib, HAMASning barcha a’zosini yo‘q qilish uchun Isroilga zarur bo‘lgan barcha narsani yuborishini qayd etgandi.